insurez
26-11-2024 12:56

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”


   Har yili 25 noyabr – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish uchun kurash xalqaro kunidan 10 dekabr – Inson huquqlari kunigacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida zo‘ravonlik inson huquqlarining eng yirik buzilishlaridan biri sifatida qaratilib unga qarshi turli tadbirlar o‘tkaziladi. 
    Ana shunday tadbirlardan biri Toyloq tumanidagi 31-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda Toyloq tumani IIB JXX XPB XQMB katta inspektori mayor G. Akbarova, profilaktika inspektori kapitan S.Jo‘rayev , xotin-qizlar faoli G.Qodirovalar ishtirok etishdi va maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazishdi. 
    Uchrashuvda xotin-qizlar bilan sodir bo‘ladigan tazyiq va zo‘ravonlik turlari, ko‘rinishlari va oqibatlari, ularning haq-huquqlarini himoya qiluvchi qonun va qarorlar, tibbiy va psixologik ko‘rsatmalar, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan nazariy va amaliy ko‘rsatmalar, kun tartibidagi mavzu yuzasidan videomateriallar namoyishi etildi.

Teglar
- -