Yoshlar ta'lim tarbiyasi - muhim masala
Toyloq tuman 27-umumiy o'rta ta'lim maktabida ota-onalar bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, "Qo'shchinor" gazetasi muharriri, tuman ayollar targ'ibot guruhi rahbari M.Yo'ldosheva, Milliy gvardiya xodimi, mahalla faollari ishtirok etdi.
Targ'ibot tadbirida so'zga chiqqanlar bitiruvchilarning oliy o'quv yurtlariga kirish qamrov darajasini oshirish, ularning bandligini ta'minlash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishini bartaraf etish, odam savdosi, giyohvandlik, majburiy mehnatga qarshi birgalikda kurashish, oilada bolaga nisbatan zo‘ravonlik va uning xulq-atvoriga salbiy oqibatlari, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g'oyalarining tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Bu ishlarni amalga oshirishda oila, mahalla, ta‘lim muassasalari hamkorligi muhimligi alohida ta‘kidlandi.