insurez
03-12-2024 15:47

Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish natijadorligi muhokama etildi.


   Har qanday jinoyat jamiyat uchun xatarli. Ayniqsa ushbu illatning yoshlar tomonidan sodir etilayotgani yurt ravnaqi va osoyishtaligiga daxldor kishini tashvishga solmay qo‘ymaydi. Shu bois, kelajak avlodning taqdiri bilan bog‘liq bunday muammolar doimo dolzarb ahamiyat kasb etadi.    
     Toyloq tumani hokimligida yoshlar yetakchilari hamda mahallalarning uyushmagan yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish shu masalaga bag‘ishlandi. 


     Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimining maslahatchisi F. Mirbabayev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i S. Yaxshiyev hamda tuman IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori U. Sohibovlar yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilikning omillari, ularga imkon beratgan shart-sharoitlar, ushbu illatni bartaraf etish yo‘llari, bu borada hamkorlikni mustahkamlash masalalari haqida so‘z yuritishdi.

Teglar
- -