insurez
10-07-2024 14:50

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot


   “Hokim va yoshlar uchrashuvi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, 3-sektor rahbari Oybek Xo‘jamov, tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamda Xo‘jayuz mahallasining uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi.
   Tadbir avvalida  tuman rahbari  yurtimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yigit-qizlarimizning o‘qishi, ishlashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun berilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi va yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga, Prezidentimiz istagandek bilimli, salohiyatli, har tomonlama yetuk yigit-qizlar bo‘lishga chaqirdi. 


   Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.  
     Murojaatlar tinglnib, ularning ijrosi bo'yicha chora-tadbirlar tuzildi va ijroga yo‘naltirildi.
 

Teglar
- -