Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot
“Hokim va yoshlar uchrashuvi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamda Olmazor mahallasining uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Jahongir Haqberdiyev yurtimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yigit-qizlarimizning o‘qishi, ishlashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun berilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi va yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga, o‘qib, kasb-hunar egallashga, jamiyatning faol a’zosi bo‘lishga chaqirdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.
Murojaatlar tinglnib, ularning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar tuzildi va ijroga yo‘naltirildi.