Yastepalik yoshlar bilan uchrashuv
Yoshlarning ehtiyojlari, talab va istaklari, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish, muammolarni bevosita joylarga chiqib, «mahallabay» kesimida yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilinib kelinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Toyloq tumanidagi Yastepa mahallasida o‘tkazildi. Unda tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Oybek Xo‘jamov hamda mahallaning uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi.
Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, o‘z salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar yaratish xususida tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli idora va tashkilot rahbarlariga topshirig‘lar berildi va ijrosi sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.