19-11-2025 19:18

Yangilanayotgan Toyloqda ishlar qizg‘in


Yangilanayotgan Toyloqda ishlar qizg‘in Tumanda keng ko‘lamli obodonlashtirish va yangilanish jarayonlari ketmoqda. Hududda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Tuman ko‘chalarida asfaltlash ishlari jadallashib, piyodalar yo‘laklari va yo‘l yoqalari tartibga keltirilmoqda. Yo‘l bo‘ylarini chindilardan tozalash ishlari yo‘lga qo‘yilib, atrof muhitning yanada toza va ko‘rkamlashtirilib, gulzorlar barpo etilib, yashil hududlar kengaymoqda. Ekindan bo‘shagan dalalarda “To‘qsonbosti” ekinlar ekilib, mavsum yakunida ekindan bo‘shagan yerlarda shudgor ishlari amalga oshirilmoqda. Bu kelgusi hosil mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini bermoqda. Ariq va zovurlarni tozalash uchun maxsus texnikalar jalb etilgani suv ta’minotining sifatini yanada yaxshiladi. Bu esa ekinlarning sog‘lom o‘sishi va hosildorlikning ortishiga xizmat qiladi.

Teglar
- -