11-12-2025 17:23

“Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlari jadallashmoqda


“Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlari jadallashmoqda Toyloq tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi aholiga yanada qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan islohotlar hamda yirik loyihalardan biridir. Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev mazkur massivda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari jarayonini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi. Tuman hokimi tamir ishlari yakunlanish arafasida turgan uy-joylar, ularning ichki va tashqi infratuzilmalari, qurilish sifati hamda aholiga taqdim etilishi rejalashtirilgan qulayliklar bilan batafsil tanishdi. Ko‘chib kelishi kutilayotgan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha mutasaddilardan ma’lumot oldi. Shuningdek, massivni har tomonlama ko‘rkam, zamonaviy ko‘rinishga keltirish, yashil hududlar barpo etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Teglar
- -