01-12-2025 12:43

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va xorijdan qaytgan ayollarga yordam ko‘rsatish


Maqsad: Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va xorijdan qaytgan ayollarga yordam ko‘rsatish Toyloq tumani Shopo‘lot mahallaidagi madaniyat saroyida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga tuman hokimi B.Rahmatullayev rаhbarlik qildi. Unda tuman mas’ul rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar va mahalla yettiligi ishtirok etdi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning 25-noyabr kuni Urgut tumanidagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator vazifalar belgilanb olindi. Tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va xorijdan qaytgan ayollarga yordam ko‘rsatish uchun tuman shtabi tashkil etildi. Shtabga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Sh.Kadirov rahbar etib biriktirildi. Mahallalar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari va investisiya loyihalari asosida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilishi, xorijda bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini tuzish, ular va oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazish, anketa-so‘rovnomalarni to‘ldirish, qaytish istagida bo‘lgan ayollarga ish va yashash sharoitlari bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi. 15-dekabrga qadar xorijdagi xotin-qizlar bilan bog‘lanish ishlarini yakunlash, 18-dekabrga qadar ularga amaliy yordam berish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish belgilandi. Xorijdan qaytgan xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, huquqiy muammolari bo‘lsa, tegishli organlar tomonidan yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi. Kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilib, hisobotlar viloyat shtabiga taqdim etib borilishi belgilandi.

Teglar
- -