insurez
27-09-2024 16:23

Xonadonlarni raqamlash holati o‘rganildi



 
  Prezident qarori bilan O‘zbekiston aholisi ro‘yxatga olinishi belgilangan. Mustaqlllik yillarida ilk bor tashkil etilayotgan bu tadbir aholi sonini aniqlab qolmasdan, ularning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarini ham o‘z ichiga oladi. Ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida aholi punktlari, ko‘chalarning nomlari, xonadon va uylarni raqamlash kerakligi belgilangan. Shu maqsadda Toyloq tumani statistika bo‘limi tomonidan aholi xonadonlarida o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 
   Xususan, Vorsin va Madaniyat mahallalarida o‘tkazilgan tadbir doirasida xonadonlarning raqamlanishi, ko‘chalarning nomlanish ahvolini o‘rganishdi. Fuqarolarga uy raqamlarini tashqaridan hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyga ilishlari kerakligi, qolaversa, fuqarolarga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi haqida tushuntirish ishlarini olib borishdi.

 

Teglar
- -