Xalq roziligi yo'lida
Xalq roziligi bosh mezon bo‘lishi shart
Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Chunonchi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu ezgu maqsad-muddaoga qaratilgan.
Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Olmazor mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Behzod Raxmatullayevich o'z so'zini to'y va marosimlarni qisqartisih, aholi bandligini ta'minlash, jinoyatchilikdan holi mahallaga aylantirish, ajrimlarni oldini olish kabi dolzarb masalalardan boshladi.
Sayyor qabulda mahallada davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish, uy-joyini ta’mirlashda yordami berish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatning ayrimlari ijobiy hal etildi, vaqt talab etiladigan murojaat ijroga qaratilgan bo‘lsa, ba'zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.