insurez
12-09-2025 15:25

XALQ ROZILIGI – TURMUSH FAROVONLIGI


XALQ ROZILIGI – TURMUSH FAROVONLIGI

      Bugun Toyloq tumani hokimi B. Raxmatullayev Beklar mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
       Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan elektr energiya tarmoqlarini yangilash, gaz ballon yetkazib berishdagi qiyinchiliklar hamda turli oilaviy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
      Hokim har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini o‘rganish va joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
      Toyloq tumanida xalq roziligini ta’minlash, fuqarolarning turmush farovonligini oshirish va ularning murojaatlariga tezkor yechim topish borasida izchil ishlar davom ettirilmoqda.

Teglar
- -