Tumanimizda obodonlashtirish ishlari: aholining munosabati va yangi vazifalar
Tumanimizda obodonlashtirish ishlari: aholining munosabati va yangi vazifalar So‘nggi kunlarda tumanimizda keng ko‘lamdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur islohotlar aholining hayot sifatini oshirish, tuman ko‘rkini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan aholi o‘rtasida qanday munosabat shakllanayotgani ham dolzarb savollardan biridir. Shu maqsadda tuman hokimligida tashkilot rahbarlari, mutasaddi idoralar, mahalla raislari va agrofirma rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev deputatlardan iborat ishchi guruhga aholining turmush tarzini o‘rganish, yashash sharoitlari bilan yaqindan qiziqish hamda xonadonma-xonadon targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish vazifasini topshirdi. Shuningdek, tuman hududida keng quloch yoygan obodonlashtirish jarayonlarida fuqarolarning faolligini oshirish muhim ustuvorlik sifatida belgilandi.



