insurez
28-10-2025 12:41

Tumanda yashirin iqtisodiy faoliyatni kamaytirish va aholi bandligini oshirish choralari ko‘rib chiqildi


Tumanda yashirin iqtisodiy faoliyatni kamaytirish va aholi bandligini oshirish choralari ko‘rib chiqildi

Bugun Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Jamshid O‘roqov hamda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda soliq tushumlarini oshirish, yashirin iqtisodiyot va nolegal (norasmiy) ishchi kuchining oldini olish, aholi bandligini taʼminlash hamda korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyat va tuman masʼullari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda iqtisodiyot sohasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
 Masʼullar iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashda joylardagi korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, nolegal iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda shaffof va barqaror biznes muhitini shakllantirish zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

Teglar
- -