28-11-2025 20:28

Tumanda ishsiz yoshlarni xatlovdan o‘tkazish jarayonlari tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda


Tumanda ishsiz yoshlarni xatlovdan o‘tkazish jarayonlari tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda Bugungi kunda mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni ro‘yxatga olish bo‘yicha keng ko‘lamli xatlov ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish yoki tadbirkorlikka jalb etish kabi muhim vazifalarning izchil amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda. Shu maqsadda tumanda ishsiz yoshlar xatlovini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan Shtab faoliyati tuman hokimi o'rinbosari J.Haqberdiyev tomonidan atroflicha tahlil qilindi. O‘tkazilgan yig‘ilishda xatlov jarayonining borishi, mavjud kamchiliklar, ma’lumotlarni to‘plash va qayd etishdagi aniqlik masalalari muhokama qilindi.

Teglar
- -