insurez
27-10-2025 22:34

Tuman hokimligida bog‘dorchilik va suvni tejash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Tuman hokimligida bog‘dorchilik va suvni tejash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun tuman hokimligida bog‘-tok fermer xo‘jaliklari raislari, agrofirma rahbarlari hamda tuman tashkilotlari vakillari hamda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori A.Abdullayev iboshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasidagi muhim masalalar, xususan, dala madaniyatini yuksaltirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va soliq intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida mehnat madaniyatini oshirish, dalalarda tozalik va tartibni saqlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, suv tanqisligi tobora dolzarb bo‘lib borayotgan hozirgi davrda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, tomchilatib sug‘orish tizimlarini o‘rnatish hamda suvdan oqilona foydalanish masalalari alohida muhokama qilindi.
Shuningdek, soliq va moliyaviy intizom masalalariga to‘xtalib, barcha xo‘jalik subyektlarining qonuniy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishlari kerakligini eslatib o‘tildi.

Teglar
- -