Tuman hokimi fan olimpiadasi g'oliblari bilan onlayn muloqot o'tkazdi
Tuman hokimi fan olimpiadasi g'oliblari bilan onlayn muloqot o'tkazdi Bugun tuman hokimi B. Rahmatullayev umumta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan fan olimpiadasining 86 nafar tuman bosqichi g‘oliblari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida hokim o‘quvchi-yoshlarga yurtimizda, xususan, Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va keng shart-sharoitlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat davomida tuman hokimi fan olimpiadasining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar oilalarini rag‘batlantirish maqsadida quyidagi tashabbusni e’lon qildi: 1-o‘rin sohiblari uchun — Buxoro viloyatiga 3 kunlik sayohat; 2-o‘rin sohiblari uchun — Xiva shahriga 2 kunlik sayohat; 3-o‘rin sohiblari uchun — Samarqand shahriga 1 kunlik sayohat tashkil etiladi. Muloqot davomida tumandagi 26-, 27- hamda 13-umumta’lim maktablari direktor va o‘quvchilari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.



