26-11-2025 11:10

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev fuqarolarni qabul qildi


Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev fuqarolarni qabul qildi Bugun tuman hokimi navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulda fuqarolarning turli masalalardagi taklif va murojaatlari eshitildi, uzoq vaqt hal bo‘lmay kelayotgan muammolar bo‘yicha ham batafsil suhbatlar olib borildi. Qabulda asosan bandlikni ta’minlash, ish o'rnini yaratish, ijtimoiy-tibbiy yordam ko‘rsatish, uy-joy qurish uchun ko‘mak ajratish masalalari ko‘tarildi. Hokim uchrashuv davomida har bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmasligini, tegishli davlat idoralari tomonidan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Xususan, fuqarolarning davlat idoralaridan rozi bo‘lishi hamda muammolarining o‘z vaqtida bartaraf etilishi mahalliy hokimiyatning ustuvor vazifasi ekanligi ta`kidladi.

Teglar
- -