23-11-2025 12:41

TOZALASH VA DEZINFEKSIYA ISHLARI KETMOQDA


TOZALASH VA DEZINFEKSIYA ISHLARI KETMOQDA Ayni damda Toyloq dehqon bozorida Sanepidqo‘mita Toyloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan rejalashtirilgan sanitariya va gigiyena tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar bozor hududini tozalash, dezinfeksiya qilish hamda aholiga yanada xavfsiz va sog‘lom sharoit yaratishga qaratilgan. Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va tezroq yakunlanishi uchun iltimos, xodimlar faoliyatiga xalaqit bermang, ularning ko‘rsatmalariga amal qiling hamda vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘raymiz. Sizning hamkorligingiz bozorimiz gigiyenasi va jamoat sog‘lig‘i uchun juda muhimdir.

Teglar
- -