Toyloqda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Toyloqda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda Toyloq tumani hokimining farmoyishiga muvofiq tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tuman hokimining o'rinbosari To'qin Gulmuradov boshchiligida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi,"Toyloqtumangaz" bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman ekologiya bo'limi xodimlari savdo majmualari hamda ovqatlanish shaxobchalarida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda. Tadbirlar davomida ko'p qavatli uylar hamda obyektlardagi yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlar va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga: gaz ballonlaridan foydalanmaslik, elektr jihozlaridan me’yorida va xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.



