insurez
20-11-2024 20:25

Toyloqda "Xavfsiz tun" tadbirlari o‘tkazilmoqda


   Ma'lumki,  joriy yilning 11-noyabr kunidan 2025-yilning 2- yanvar kuniga qadar yurtimizda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi har qanday holatlarga qarshi kurashish, targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan “Dolzarb 50 kunlik” profilaktik tadbirlariga start berildi.
   Shu munosabat bilan bugun Toyloq tumanida ichki ishlar organlari va hamkor tashkitlotlar vakillariga mazkur profilaktik tadbiri doirasida yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada tumanni jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilgan huquqbuzarliklarni fosh etish kabilar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
    Shundan so‘ng,  tuman bo‘ylab tungi reyd tadbirlari boshlandi.

Teglar
- -