Toyloqda "Sayyohlar bog‘i" yaratildi
Toyloqda "Sayyohlar bog‘i" yaratildi Bugun CITES CoP20 doirasida o‘tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin delegatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Baxshitepa mahallasining 1,5 gektar hududida pavloniya, qarag‘ay, chinor, qayrag‘och kabi hudud iqlimiga mos daraxtlar o‘tqazildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xalqaro nufuzli tadbirlar davomida daraxt ekish doimiy an’anaga aylangan. Yaqinda o‘tkazilgan YUNESKOning 80 yilligi munosabati bilan yashil bog‘ loyihasi doirasida daraxtlar ekilgandi.



