19-11-2025 17:39

Toyloqda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda


Toyloqda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda Bugungi kunda tumanimizning barcha hududlarida obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ayniqsa, tumanning asosiy kirish qismidan boshlab yo‘l bo‘ylarida joylashgan aholi xonadonlari atrofi yangicha qiyofa kasb etmoqda. Hududlarda yo‘llar kengaytirilib, asfaltlanmoqda, yangi gulzorlar barpo etilmoqda, ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, Toyloqda olib borilayotgan ushbu keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari tuman qiyofasini yanada chiroyli, zamonaviy va qulay maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -