insurez
06-12-2024 09:38

Toyloqda ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashkil etmoqda.


  Toyloq tumanida yashovchi jami aholi soni 223,4 ming kishi, shundan mehnat resurslari 112,6 ming kishini tashkil qiladi. Iqtisodiy faol aholi soni 85,8 ming, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 26,8 ming kishi, xalq xo‘jaligining turli sohalarida band bo‘lgan aholi 81,2 ming nafar, ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholi esa 4,6  ming kishini tashkil etib, ishsizlik darajasi 5,4 % tashkil etmoqda.

   Bandlik dasturi bo‘yicha aholini ish bilan taminlash maqsadida 2024-yil davomida dastur bo‘yicha jami 1781 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan taminlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda yanvar-noyabr oylarida 1762 nafar ishsiz fuqarolar iqtisodiyotning turli soxalaridagi korxona, tashkilot va muassasalaridagi bo‘sh hamda kvota  ish o‘rinlariga bo‘lim yo‘llanmalari asosida ishga joylashtirildi. Ishga joylashtirilgan fuqarolarning 845 nafarini yoshlar va  716 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7 sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024-yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida 20842 ta, shundan 6281 ta doimiy, 9078 ta mavsumiy va 5483 ta vaqtinchalik yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Jumladan:

Investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1482 ta;

Xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga 8736 ta;

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 10046 ta;

Qurilish sohasida 578 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

2024-yil yanvar-noyabr  oylari davomida amalda 20216 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

-Investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 824 ta:

Shundan;

Sanoatda 168 ta;

Xizmat ko‘rsatishda 384 ta;

Qishloq xo‘jaligida 272 ta ish o‘rinlari yaratildi. 

-Xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga 8341 ta:

Yangi tashkil etilgan korxonalardagi hisobiga 556 ta;

Xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilish 5251 ta;

Norasmiy ish o‘rinlarini rasmiy sektorga o‘tkazish 2534 ta

-Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 10135 ta:

Shundan;

Agroklaster yo‘nalishida 8 ta;

Fermer xo‘jaliklarida 608 ta;

Dexqon xo‘jaliklari uchun yer ajratish hisobiga 2152 ta;

Takroriy ekin uchun yer ajratish hisobiga 859 ta;

Tomorqada band qilish yo‘nalishida 1827 ta;

Pillachilikda 4336 ta;

Suv xo‘jaligi obektlari zonasi atrofidagi yerlar hisobiga 345 ta;

-Qurilish sohasida 916 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi:

Shundan:

Uy joy qurilishida 575ta;

Sanoat zonalarida qurilishda 187 ta;

Ijtimoiy obektlar qurilishida 151 ta;

Avtomobil va temir yo‘l qurilishida 3 ta ish o‘rinlari yaratildi.

  Tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishga qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish bo‘yicha 2024 yil uchun 237 ta ish o‘rinlari tasdiqlangan. 2024-yil yanvar-noyabr oylarida 202 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz shaxslar ishga joylashtirildi.

  Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni toifasi bo‘yicha;

  14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari yo‘nalishida 52 ta;

  Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar, «Mehribonlik» uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari yo‘nalishida 103 ta;

Nogironlar uchun 45 ta;

Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 1 ta;

Jazoni o‘tash muassasalaridan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun1 ta ish o‘rinlariga joylashtirildi.

   Tumanda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga  o‘qitish bo‘yicha 2024-yil rejasi 1222 nafar fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish rejalashtirilgan.  Joriy yilning yanvar-noyabr oyida 1106 nafar fuqarolar Samarqand shahridagi va tumandagi kasb-hunar o‘qitish markazlariga jalb qilindi.

Samarqand  ishsizlarni  kasb-hunarga o‘qitish markaziga  28 ta;

Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga 45 ta;

Samarqand qurilish kolleji qoshidagi qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayorlash markaziga 25 ta;

         Toyloq tumanidagi maskanlarga 448 ta;

         Oliy biznes maktabiga 390 ta;

         Toyloq 2-son kasb-hunar maktabiga  170 ta;

          

   Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida imtiyozli kredit olish istagidagi jami 1703 nafar talabgorlarga 20,5 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi va Temir daftar, Ayollar daftari va Yoshlar daftaridagi eрtiyojmand 69 nafar fuqarolarga subsidiya asosida asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratilishi natijasida 1984 nafar ishsiz fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilinib, tadbirkorlikka dastlabki qadamlari qo‘yildi.

   Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida jami 1549 ta mikroloyihalar ishga tushirilishi natijasida 2287 ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratildi.

 

  J.Tursunov,

Toyloq tumani kambag'allikni qisqartirish va

aholi bandligiga ko'maklashish markazi direktori.

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -