insurez
18-08-2025 09:00

Toyloqda “GARANT TA'LIM” o‘quv markazi ochildi


Toyloqda “GARANT TA'LIM” o‘quv markazi ochildi

    Bugun Xo'jaqishloq mahallasida tadbirkor Shernazarov Shavkat tomonidan barpo etilgan, zamonaviy sharoitga ega “Garant ta'lim” o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov va mahalla faollari,  ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, uchinchi renesans poydevorini yaratishda, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan sayi-harakatlar, tadbirkorlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritishdi. 
    Qizil lentalar kesilgach, tadbir ishtirokchilari o‘quv markazidagi sharoitlar bilan tanishishdi.
  Markazda 9 ta yangi ishchi o‘rni yaratilib, 100 yaqin o'quvchilar qamrab olindi.

 

Teglar
- -