01-12-2025 16:13

Toyloqda ekologik muhitni yaxshilash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda


Toyloqda ekologik muhitni yaxshilash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda Toyloq tumanida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasi tuman boʻlimi tomonidan kunlik amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Tumandagi maxsus texnikalar tomonidan changni kamaytirish, daraxtlar va ko‘kalamzor hududlarni yuvish kabi ishlar muntazam ravishda bajarilmoqda. 🌳Ushbu tadbirlar tuman ko‘rinishini yanada toza va tarovatli qilishi bilan birga, atrof-muhit holatini yaxshilashga ham muhim hissa qo‘shmoqda. 🌳Ekologik ishlarining tizimli tashkil etilishi aholining turmush tarzini yaxshilash, havo sifatini oshirish va Toyloq tumani bo‘ylab mavjud yashil hududlarni asrashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -