TOYLOQDA AYOLLAR MIGRATSIYASIGA CHEK QO‘YILADI
TOYLOQDA AYOLLAR MIGRATSIYASIGA CHEK QO‘YILADI Hurmatli Prezidentimizning 25-noyabr kuni Samarqand viloyatiga amaliy tashriflari doirasida berilgan topshiriqlari asosida tumanimizda horijdagi ayollarni yurtimizga qaytarish borasida “Mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, din peshvolari, otinoylar, nuroniylar va umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari” ishtirokida muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tumanimizdan horijda yurgan xotin-qizlarni oilasiga qaytarib, daromad manbai bilan ta’minlash, shu bilan birga to‘y va ma’rosimlardagi ortiqcha rasm-rusumlarni oldini olish, dabdababozlikka chek qo‘yish va to‘yda ishtirokchilar miqdorini 200 nafardan oshirmaslikga rioya qilishni ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda oilaviy ajrimlarni oldini olish, shar’iy nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik, ayollar migratsiyasi hamda nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha jamoatchilik vakillariga murojaat qildi.



