insurez
02-12-2024 14:56

Toyloqda 208 marta sayyor qabullar o‘tkazilib, 1383 ta murojaatlar kelib tushga


 

  Bu haqida bugun Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
   -“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqurroq o‘rin olayotgan ushbu tamoyil yurtdoshlarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga zamin yaratmoqda. Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqning ichiga kirib, uning dardu-tashvishlarini tinglash, og‘irini yengil qilish, odamlarga munosib turmush sharoiti yaratib berish barcha bo‘g‘indagi rahbar va mansabdor shaxslarning asosiy vazifasi etib belgilangan, -deydi B. Bobonazarov. 
    -Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda o‘zini to‘la oqladi. Albatta, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Zamon bilan hamqadam bo‘lish, kerak bo‘lsa, undan bir qadam ilgari odimlash – bugungi kun talabi. Shu ma’noda, biz yashayotgan hozirgi shiddatli davr, oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi mazkur muhim yo‘nalishda ham o‘tgan qisqa davrda orttirilgan ijobiy tajribalarni yanada takomillashtirish, uni mazmun jihatidan rivojlantirishni talab etmoqda.


   Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida fuqarolar tomonidan 1258 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 459 taga kamayganligini kuzatish mumkin.
Shundan: 
    952 tasi qanoatlantirilgan, 189 tasi huquqiy maslahat berilgan, 88 tasi rad etilgan, 29 tasi esa ko‘rib chiqilmoqda.

   2023-yil yanvar-noyabr oyilarida aholi tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga 1731 ta murojaat yo‘llangan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida bu ko‘rsatgich 1258 tani tashkil etadi. Tashkilot rahbarlari tomonidan bugungi kungacha 208 marta “Sayyor qabul” o‘tkazilgan bo‘lib, 1383 nafar fuqarolar qabul qilingan. 
Sayyor qabullarda aliment to‘lovlarni undirilishida qiyinchilikka duch kelayotgan 1670 nafar fuqarolar aniqlandi.


  Shundan to‘lov qilmagan 320 nafar fuqarolarga aliment to‘lovlarini undirish maqsadida ishchi guruh tomonidan suhbat o‘tkazildi va natijada 252 nafar fuqarolar o‘z ixtiyorlari bilan to‘lovlarni amalga oshirishdi.
Bugungi kungacha tumandagi 23 ta mahallalarning 11 tasida 2 mingga yaqin fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Aniqlangan muammolar sohalar kesimida tahlil qilinib, rahbarlarga muammolar yechimi yuzasidan aniq va muddatli topshiriqlar berilib, yo‘l xaritalari tuzildi.

Teglar
- -