Toyloqda 2 gektarlik bog' barpo etildi.
Yurtimiz tuprog‘i shunday moʻjizakorki, yerga bir cho‘p suqilsa barg yozib, novda chiqaradi. Bundan zavqlangan har bir kishining bog‘ yaratgisi keladi. Aslan ham bog‘ yaratish ishtiyoqi xalqimizga qadim-qadimdan meros bo‘lib qolgan. Yurt tuprog‘ini muqaddas bilgan shohlardan tortib, oddiy raiyatgacha nihol ekib, o‘zidan bir bog‘ qoldirishni, atrof-muhit musaffoligiga erishishni niyat qilgan va buning uddasidan chiqqan.
Shu boisdan ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni yanada yashillikka burkash, bog‘-rog‘lar yaratish, ekotizimni yaxshilash, havo musaffoligini saqlab qolishdek ulug‘vor ishlar boshida turibdi.
Ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun «Yashil makon» umummilliy loyihasi ishlab chiqilib, mamlakat darajasida dolzarb vazifalar belgilab olingan. Ushbu umummilliy loyihani qo‘llab-quvvatlagan toyloqliklar mahallalari va oilalariga tegishli bo‘sh joylarga, dala chetlariga yaxshi niyat bilan nihol qadab, bog‘-rog‘lar yaratishmoqda.
Bugun Toyloq tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hashar bo‘lib o‘tmoqda. Mingga yaqin kishi ishtirok etayotgan mazkur hashar doirasida 2 gektar er maydoniga 33 ming donadan ortiq mevali va manzarali darxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Tadbirda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov hamda sektorlar rahbarlari ishtirok etib, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan bu ezgu harakatga, tabiat musaffoligiga barcha o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini ta'kidladi. Shundan so‘ng Qur'on tilovat qilinib, qo‘llar duoga ochildi va hasharga start berildi.