26-11-2025 20:29

Toyloq va Xitoy hamkorligining yangi bosqichi


Toyloq va Xitoy hamkorligining yangi bosqichi Bugun Toyloq tumani xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam tashladi. Tuman rivojlanishiga qiziqish bildirgan Xitoylik investorlar delegatsiyasi tumanda bo‘ldi. Mehmonlarni tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda hokim o‘rinbosari J. Sattorov samimiy kutib oldilar. Uchrashuv davomida tomonlar qurilish sohasi bo‘yicha innovatsion g‘oyalar, ilg‘or texnologiyalar va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Teglar
- -