Toyloq tumanida “Prokuratura bog‘i” barpo etildi
Toyloq tumanida “Prokuratura bog‘i” barpo etildi Toyloq tumanining Ilmobod mahallasida 2 gektarlik maydonda yangi “Prokuratura bog‘i” tashkil etildi. Yashil makon umummilliy harakati doirasida o‘tkazilgan ekish tadbirida hududga 1000 tup Qrim qarag‘ayi ekildi. Mazkur xayrli ishda Samarqand viloyati va Toyloq tumani prokuraturasi xodimlari faol ishtirok etib, daraxt ekish jarayonlarini birgalikda amalga oshirdilar. Shuningdek, ekilgan har bir nihol Tuman ekologiya bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olindi. Yangi barpo etilgan bog‘ nafaqat hududning ko‘rkini oshiradi, balki kelgusida aholi uchun qulay dam olish maskaniga aylanishi, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.



