insurez
11-09-2025 15:00

Toyloq tumani mahalla tizimi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi


Toyloq tumani mahalla tizimi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Ayni paytda mahalla tizimi xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar davom etmoqda.
     Tadbirning ochilishida tuman hokimi B.Raxmatullayev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi markaz direktori X.Ochilov, O'zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov ishtirok etdi. 
      Seminar davomida mas’ullar tomonidan mahalla institutining samarali faoliyat olib borish mexanizmlari, mahallalarda aholi bilan muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan yaxshilash masalalari atroflicha yoritilmoqda.
      Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar olishmoqda. O‘quv-seminar yakunida esa mahalla xodimlari uchun kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib olinishi ko‘zda tutilgan.
 

Teglar
- -