Toyloq tumani hokimligi apparat xodimlari ishtirokida siyosiy-ma’rifiy soati o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining maslahatchisi Fazliddin Mirbabayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisdagi ma’ruzasida belgilangan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi.
O‘quv soati davomida mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan strategik va joriy vazifalarni amalga oshirishda barcha bo‘g‘indagi ijro organlari, avvalo, Hukumat va uning rahbari zimmasidagi mas’uliyat hozirgi murakkab zamonda har qachongidan ham ortib borayotganini ta’kidlandi va ma’ruza yuzasidan savol-javoblar, fikr-mulohazalar bildirildi.