19-11-2025 11:56

Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi


Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan tadbirkorlar uchun navbatdagi ochiq qabul tashkil etildi. Unda tumanning turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 10 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etdi. Qabul jarayonida tadbirkorlarning o‘z faoliyatlari davomida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tingdandi. Ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida infratuzilma bilan bog‘liq murojaatlar, yer maydonlari, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ham o‘rin oldi. Tuman hokimi har bir murojaatni alohida tinglab, masalalarni joyida hal qilish yoki tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berish orqali ularning yechimini tezlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.

Teglar
- -