Toyloq Ota jome` masjidida yomg‘ir barakasi uchun duolar qilindi
Toyloq Ota jome` masjidida yomg‘ir barakasi uchun duolar qilindi Tuman markazidagi Toyloq Ota jome` masjidida qurg‘oqchilikning oldini olish, yerlarimizga baraka va mo‘l-ko‘lchilik tilash maqsadida istisqo namozi o‘qiladi. Shu munosabat bilan tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori, agrofirma rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida imomlar tomonidan Qur’on oyatlari tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi, dehqonchilik ishlarining samarali bo‘lishi, dalalarda hosildorlikning ortishi hamda yog‘ingarchiliklarning mo‘l bo‘lishi uchun duolar qilishdi. Ushbu savobli amal davomida jonliq qurbonlik qilinib, ehtiyojmand oilalarga tarqatilishi belgilandi.



