Toyloq mahalliy byudjetining daromadlar rejasi 2 860,5 mln so‘mga orttirib bajarildi.
Tumanda mahalliy budjetning 2024-yil II-chorak daromadlar tushumi prognozi 30 168,5 mln so‘mni tashkil etib, hisobot davrida 33 029,0 mln so‘mga bajarildi yoki belgilangan rejaga nisbatan 109,5 foizga bajarildi. Daromadlar rejasi esa 2 860,5 mln so‘mga orttirib bajarildi
Tuman mahalliy budjetining II-chorak daromadlar rejasi umumiy tarzda oshirib bajarilgan bo‘lsada, manbaalarning 4 turi bo‘yicha tushumlar rejasi ta’minlanmadi.
Jumladan, soliq turlari bo‘yicha quyidagicha:
Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i bo‘yicha reja 7 411,0 mln so‘mni tashkil qilib, haqiqatda 6 147,7 mln.so‘mga bajarilib 83.0 foizni tashkil etdi yoki belgilangan reja 1 263,2 mln so‘mga bajarilmadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha reja 8 722,0 mln so‘mni tashkil qilib, haqiqatda 8 050,4 mln.so‘mga bajarilib 92.3 foizni tashkil etdi yoki belgilangan reja 671,5 mln so‘mga bajarilmadi.
Yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i reja 2 726,4 mln so‘mni tashkil qilib, haqiqatda 2 011,9 mln.so‘mga bajarilib 73.8 foizni tashkil etdi yoki belgilangan reja 714,4 mln so‘mga bajarilmadi.
Mol-mulkiga solinadigan solig‘i 4 138,0 mln so‘mni tashkil qilib, haqiqatda 3 526,6 mln.so‘mga bajarilib 85.2 foizni tashkil etdi yoki belgilangan reja 611,4 mln so‘mga bajarilmadi.
Tuman mahalliy budjetining 2024-yil I chorak xarajatlari 57 866,9 mln so‘mga rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan davrda 54 030,5 mln so‘m xarajatlar amalga oshirilib belgilangan reja nisbatan 93,4 foizga bajarildi.
Tuman mahalliy budjetidan 1-darajali xarajatlar, jumladan, ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ijtimoiy nafaqalar, ish haqiga nisbatan pensiya fondiga ajratmalar va kommunal xizmatlar xarajatlariga to‘liq va o‘z vaqtida mablag’ bilan ta’minlangan.
Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil yarim yillik xarajatlari rejasi 18 mlrd. 582,5 mln. so‘mga rejalashtirilgan bo‘lib, yil davomida 110 mlrd. 726,1 mln. so‘m kassa xarajati amalga oshirilib, 93,3 foizni tashkil qildi. Jumladan:
Ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 59 mlrd. 475,6 mln.so‘m moliyalashtirilishi rejalashtiriligan bo‘lib, 58 mlrd. 019,1 mln.so‘mga kassa xarajati amalga oshirildi.
Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari va zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yil yarim yillikda 1 mlrd. 434,4 mln.so‘m mablag‘lar. Jumladan
- Inson ijtimoiy xizmatlar markazini ta’mirlash xarajatlari uchun 143,0 mln.so‘m.
- Tumandagi ijtimoiy ximoyaga muxtoj kam ta’minlangan oilalarga uy joylarini ta’mirlash uchun shefer va moddiy yordam ko‘rsatish uchun
109,0 mln.so‘m
- Tuman axolisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv quvurlari xarid qilish uchun 81,0 mln.so‘m
- Tumandagi sektorlar ish faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida kompyuter texnikalari va idora ashyolari xarid qilish uchun 151,0 mln.so‘m.
- Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar festivali va boshqa omvaviy tadbirlar uchun 252,0 mln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi
Tuman mahalliy byudjetining 2024 yil 1 yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 5 mlrd. 052,5 mln.so‘m mablag‘lar. Jumladan
- Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi uchun 100,0 mln.so‘m
- Ayollar daftari jamg‘armasi uchun 100,0 mln.so‘m
- Yoshlar daftari jamg‘armasi uchun 100,0 mln.so‘m
-Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi uchun 1 mlrd.170,0 mln.so‘m
-Obod xonadon obod ko‘cha obod mahalla tamoili asosida tumanda obodonlashtirilayotgan Tepaqishloq MFY uchun 830,0 mln.so‘m
-Tuman Mudofaa ishlari bo‘limi binosini ta’mirlash xarajatlari uchun 150,0 mln.so‘m
- Mustaqillik maydani o‘rniga hokimlik bog‘i va yashil jamoat parkini tashkil etish xarajatlari uchun 80,0 mln.so‘m
-Tumandagi ijtimoiy ximoyaga muxtoj kam ta’minlangan fuqarolarning turli kasalliklari bo‘yicha davolanish xarajatlari uchun
32,0 mln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Toyloq tuman iqtisodiyot
va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Sharipov