insurez
19-08-2025 17:23

To'y va marosimlarda ixchamlik – zamon talabi


To'y va marosimlarda ixchamlik – zamon talabi

Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayev, tuman prokurori A.Abdullayev hamda Soliq inspeksiyasi boshlig'i Z.Sindorovlar  mahalliy tadbirkorlar ishtirokida to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
    Uchrashuv davomida to‘y-marosimlarni soddalashtirish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga zid bo‘lmagan holda o‘tkazish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirkorlar bu borada o‘z takliflarini ilgari surib, jamiyatdagi islohotlarga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
   Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar tomonidan marosimlarni ixcham va mazmunli o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

 

Teglar
- -