insurez
19-08-2025 16:29

Tibbiyot xodimi sha’ni – halollik va mas’uliyatda


Tibbiyot xodimi sha’ni – halollik va mas’uliyatda

✔️Toyloq tumani Tibbiyot birlashmasida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, ta'magirlik holatlarining oldini olish hamda bemorlarga nisbatan qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
✔️Mazkur tadbirda tuman hokimining o'rinbosari J.Haqberdiyev, tuman prokurorining katta yordamchisi A. Akobirov, departamentning Toyloq tumani bo'limi xodimi B.Safarovlar ishtirok etishib, xodimlarga ushbu salbiy illatlar sog‘liqni saqlash tizimiga putur yetkazishi, fuqarolarning ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
    Tibbiy xodimlarga bemorlar bilan muloqotda xushmuomalalik, halollik va professionallikni ustuvor qo‘yish, o‘z xizmat vazifasini qonuniy va vijdonan bajarish zarurligi alohida eslatildi.
   Tadbir yakunida barcha xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan tartib va me’yorlarga qat’iy amal qilishga chaqirildi.

 

Teglar
- -