insurez
29-10-2025 09:15

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi


Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Har chorshanba kuni an’anaga muvofiq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan tadbirkorlar qabuli o‘tkazib kelinmoqda. Bugun ham ushbu an’ana davom ettirilib, tuman hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yo‘lida duch kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.
Tuman hokimi tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 
Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -