insurez
26-09-2024 16:17

Sudlar tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda


   

   Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ATB “Agrobank” Toyloq tuman filiali xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Sud raisi F.Majidov hamda sudya S.Chuliyev ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish haqida so‘z bordi.
   Shuningdek, banklar tomonidan sudlarga kredit qarzdorliklarini undirish va kredit shartnomalarini muddatidan oldir bekor qilish haqida da’vo ariza bilan murojaat qilayotganda ariza shakli, unga ilova qilinishi belgilangan hujjatlar xususida huquqiy ma’lumot berildi.
    Shunday uchrashuv Toyloq tuman soliq inspeksiyasi binosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi "To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida"gi qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati, sudlarga to‘lovga qobiliyatsizlikka oid  ariza bilan murojaat qilayotganda ariza shakli, unga ilova qilinishi belgilangan hujjatlar borasida tushuntirishlar berildi.

Teglar
- -