insurez
21-11-2024 09:15

Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi


   «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
   Qonun bilan Jinoyat kodeksining ayrim normalariga sport sohasidagi korrupsiya uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, xususan, kelishilgan о‘yinlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga qaratilgan qо‘shimchalar kiritilmoqda.
   Ya’ni, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bо‘lishi, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olishi uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
   Qonun korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga mustahkamlashga xizmat qiladi.


O. Allayev,
Jinoyat ishlari bо‘yicha Toyloq 
tuman sudining raisi.

Teglar
- -