26-11-2025 22:10

Shtab faoliyati samaradorlik va natijadorlikka tayanishi lozim


Shtab faoliyati samaradorlik va natijadorlikka tayanishi lozim Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev mahallalarni rivojlantirish hamda aholiga kompleks xizmat ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tuman “Islohotlar shtabi” a’zolari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida hokim fuqarolarning turmush darajasini yuksaltirish, ularning kundalik ehtiyojlari va muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, joyida hal etish davlat organlari faoliyatining ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini tezkorlik bilan ta’minlashda “Islohotlar shtabi” zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshirish zarurligi qayd etildi. Har bir mas’ul shaxs vazifasiga chuqur yondashib, amalga oshirilayotgan ishlarda natijadorlik va samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -