Shodiyonada yangi yil bayramiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda
Shodiyonada yangi yil bayramiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda Tumanimiz markazidagi “Shodiyona” massivida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Bugun hududda haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surib, ko‘chalarda chaqnab turgan yoritish chiroqlari va rang-barang bezaklar aholi e’tiborini tortmoqda. Massiv bo‘ylab Yangi yil chiroqlarini o‘rnatish, yashil hududlarni tartibga keltirish ishlari jadal davom etmoqda. Ayniqsa, markaziy maydonda qad ko‘targan baland archa bayram shukuhini yanada oshirib, bolalar va kattalarning ko‘nglini quvonchga to‘ldirmoqda. Bayramga tayyorgarlik doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus savdo nuqtalari, issiq ichimliklar va shirinliklar rastalari uchun joylar ajratilmoqda.



