insurez
14-12-2024 22:41

SHAROFIDDIN  JAHON CHEMPIONATIDA OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI


  Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha poyoniga yetib borayotgan jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov dast ko'tarishda oltin medalga sazovor bo'ldi!

  Ayni damda erkaklar o'rtasida -109kg vazn toifasida "A" guruh bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. Quvonarlisi,  unda ishtirok etayotgan toyloqlik sportchi Sharofiddin Amriddinov dast ko'tarishda 184 kg natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.

   Endi vakilimizga siltab ko'tarish dasturida ham omad tilaymiz!
 

Teglar
- -