insurez
18-08-2025 10:00

Sayyor qabul— muammoga yechim,  taklifga munosabat, kishilarga hurmat namunasi


Sayyor qabul— muammoga yechim,  taklifga munosabat, kishilarga hurmat namunasi

      Bugun Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayevning navbatdagi sayyor qabuli Navzandak va Yastepa fuqarolari uchun bo‘lib o‘tdi. 
    Unda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 
    Murojaat bilan kelgan fuqarolar muammolari tinglandi. 
    Qabulda fuqarolardan elektr energiyasi, ichimlik suvi, svetafor, avtobus qatnovini yo'lga qo'yish masalalariga oid  murojaatlar kelib tushdi.    
   Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar  mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
 

Teglar
- -