R.Saidnazarov agrofirmasida agrofirma rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
R.Saidnazarov agrofirmasida agrofirma rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun R.Saidnazarov agrofirmasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, soha mutasaddilari hamda agrofirma rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida agrofirmalarda pilla va g‘alla yetishtirish samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan agrofirma rahbarlariga bir qator vazifalar yuklatildi.
Jumladan, har bir agrofirma hududida pillachilikni rivojlantirish maqsadida pillaxonalar tashkil etish, yetishtirilayotgan pillaning sifatini oshirish hamda g‘alla yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
B.Raxmatullayev ta’kidlashicha, bugungi kunda pillachilik va g‘allachilik sohalari tuman iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois, agrofirmalarning bu boradagi salohiyatini to‘liq ishga solish, sifatli urug‘ navlarini olish va ekindan bo‘shagan yerlarni g‘alla ekishga tayyorlashni jadallashtirish kabi bir qator vazifalar o‘rtaga tashlandi. Bundan tashqari har bir agrofirma hududiga ehtiyojdan kelib chiqib yengil konstruksiya bilan pillaxonalar tashkil etish bo‘yicha namunaviy loyiha bilan tanishtirildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan agrofirma rahbarlariga metodik ko‘rsatmalar hamda amaliy tavsiyalar berildi.