Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev agrofirma rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul mutasaddilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda joriy mavsumda amalga oshirilayotgan agrotexnik ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida g‘alla ekish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hosildorlikni oshirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni keng joriy etish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Xususan, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq qilish, ariq va zovurlarni betonlash ishlarini jadallashtirilishi ta’kidlandi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida energiya samaradorligini oshirish maqsadida quyosh panellarini o‘rnatish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.



