insurez
16-10-2025 15:41

Pardaqul akaning tadbirkorligi kengayadi


Pardaqul akaning tadbirkorligi kengayadi

Tuman rahbari Behzod Raxmatullayev bir necha yillardan buyon yer bilan tillashib, mo‘may daromad olayotgan bunyodkorlik tadbirkor Pardaqul aka Davronovning issiqxonasida bo‘ldi. Issiqxonada manzarali va uy gullari yetishtirilmoqda. Pardaqul aka yiliga uch marotaba gul ko‘chatlarini tayyorlab, bozor rastalarini turli xil gullar bilan bezaydi.
Tadbirkor kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish niyatida. Tuman rahbari esa barcha imkoniyatlardan kelib chiqib, unga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Hozirda Pardaqul aka 20 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilgan bo‘lib, har bir mavsumda 500 ming dona xona va manzarali gul ko‘chatlarini tayyorlamoqda. Uning mehnati nafaqat o‘ziga, balki atrofdagi yoshlarga ham ish o‘rni yaratmoqda.

Teglar
- -