23-10-2025 21:25

“Otalar choyxonasi” ko‘rsatuvi Toyloqda suratga olindi


“Otalar choyxonasi” ko‘rsatuvi Toyloqda suratga olindi

“Mahalla” telekanali tomonidan muntazam namoyish etib kelinayotgan “Otalar choyxonasi” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Toyloq tumanidagi “Sherbek” bazmgohida suratga olindi.
Mazkur dasturda viloyat “Nuroniylar” kengashi raisi Sh. Negmatov, Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, shuningdek, bir guruh faol faxriylar va jamoatchi nuroniylar, tumanlardan kelgan nuroniy kengashi raislar ishtirok etdilar.
Suhbat chog‘ida davlatimiz rahbari tomonidan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, jamiyatda odillik, mehr-oqibat va birdamlikni mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan siyosat haqida fikr almashildi.
Shuningdek, nuroniylar jamoatchilik kengashi vakillarining faoliyati, ularning mahallalarda amalga oshirayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida bir guruh faol nuroniylar tuman hokimligi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Otalar choyxonasi”ning mazkur soni yaqin kunlarda “Mahalla” telekanali orqali tomoshabinlarga taqdim etiladi.
 

Teglar
- -