Oila muhitini mustahkamlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
Toyloq tumanida xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash, zo‘ravonlikning oldini olish, xorijda mehnat migratsiyasida yurgan ayollarni Vatanga qaytarish, ularni ish bilan ta’minlash va oila muhitini mustahkamlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi ✔️Toyloq tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida media savodxonlikni oshirish va jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi. O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur davra suhbatida tuman xotin-qizlar faollari, deputatlar, O‘zLiDeP vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va jamoatchilik faollari ishtirok etishdi. ✔️Dastlab “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazilib, unda O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova, tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Qambariddinova hamda tuman IIB katta inspektori Nargiza Hamroyeva ishtirok etdi. ✔️So‘zga chiqqan deputat Nasiba Mo‘minova, tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Qambariddinova raqamli muhitda yuzaga kelayotgan mafkuraviy, axborot va ruhiy tazyiq turlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning internet orqali tahdidlarga uchrashi holatlarini kamaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. ✔️Shuningdek, katta inspektor Nargiza Hamroyeva raqamli zo‘ravonlik turlari, ularning huquqiy oqibatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish madaniyati haqida tushuntirishlar berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan interaktiv muloqotlar, savol-javoblar va amaliyotga oid tavsiyalar o‘tkazildi. ✔️Ushbu davra suhbati yoshlar orasida media savodxonlikni oshirish, internetda mas’uliyatli xatti-harakatni shakllantirish hamda xotin-qizlarga nisbatan har qanday shakldagi zo‘ravonlikka murosasiz munosabatni targ‘ib qilishni maqsad qildi. ✔️Shu bilan birga, Prezidentimizning 25 noyabr kuni Samarqand viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Toyloq tumanida yana bir muhim muhokama uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, din peshvolari, otinoylar, nuroniylar va maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. 📌Uchrashuvda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tumanimizda xorijda mehnat migratsiyasida yurgan ayollarni Vatanga qaytarish, ularni ish bilan ta’minlash va oila muhitini mustahkamlash yuzasidan zarur vazifalarni belgilab o‘tdi. Shuningdek, to‘y va marosimlarda ortiqcha xarajatlarni oldini olish, dabdababozlikka chek qo‘yish hamda ishtirokchilar sonini 200 nafardan oshirmaslik kabi tartib-qoidalarga amal qilish zarurligini ta’kidladi. 📌Yig‘ilishda oilaviy ajrimlarning oldini olish, rasmiy nikohsiz shar’iy nikoh tuzish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ayollar migratsiyasi oqibatlarini yumshatish hamda nizoli oilalar bilan samarali ishlash bo‘yicha jamoatchilikka tegishli ko‘rsatmalar berildi. 📌Tumanda o‘tkazilgan mazkur tadbirlar jamiyatda mas’uliyatli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, zo‘ravonlikka qarshi kurashish va barqaror oilaning ijtimoiy ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



